QURBONOVA, MAFTUNA (2026) GERPES VIRUSLI INFEKSIYALAR UCHRASH DARAJASI, PATOGENEZI VA ALLERGIK PATOLOGIYALAR KECHISHIDAGI OʻRNI TOʻGʻRISIDA ZAMONAVIY TASAVVURLAR. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 188-199.
2196.pdf - Published Version
Download (335kB)
Abstract
Ushbu sharh maqolada gerpesvirusli infeksiyalarning tarqalishi, etiopatogenezi, klinik xususiyatlari hamda bolalarda allergik kasalliklarning rivojlanishi va kechishidagi ehtimoliy o‘rni bo‘yicha zamonaviy ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan. Oddiy gerpes viruslari, Epstayn–Barr virusi, sitomegalovirus va 6-tipdagi odam gerpesvirusining epidemiologik xususiyatlari, organizmda latent persistensiyalanishi, reaktivatsiyalanish mexanizmlari hamda immun tizimiga ta’siri yoritilgan. Gerpesvirusli infeksiyalarning atopik dermatit, allergik rinit, bronxial astma va boshqa allergik holatlar bilan o‘zaro bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratilgan. Infeksion va allergik jarayonlarning immunopatogenezida Th1/Th2 muvozanatining buzilishi, sitokinlar regulyatsiyasidagi o‘zgarishlar, IgE vositachiligidagi sensibilizatsiya, hujayraviy immunitet disfunksiyasi hamda genetik omillarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, gerpesvirusli infeksiyalarning allergik kasalliklar kechishiga ta’siri yuzasidan mavjud tadqiqot natijalarining ayrim jihatlari bir-biriga zid ekanligi ko‘rsatilgan. Tahlil qilingan ilmiy ma’lumotlar gerpesviruslarni allergik yallig‘lanishning ehtimoliy qo‘zg‘atuvchi va kechishini o‘zgartiruvchi omillari sifatida baholash mumkinligini, biroq ularning allergik kasalliklar rivojlanishidagi mustaqil etiologik ahamiyati to‘liq isbotlanmaganligini ko‘rsatadi. Gerpesvirusli infeksiyalar va allergik patologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashtirish uchun qo‘shimcha klinik-immunologik tadqiqotlar zarurligi ta’kidlangan
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 19 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 19 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24626 |
