Xaitmurodov, O‘rol and Bo‘riyev, Abdivaxob (2026) Takroriy ekin sifatida tariqni mineral oziqlantirişning hosildorlikka ta’siri. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 276-283.
736.pdf - Published Version
Download (284kB)
Abstract
Ushbu maqolada, Surxondaryo viloyatining taqir o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida, kuzgi boshoqlidon ekinlaridan bo‘shagan yеrlarga, takroriy ekin sifatida tariqni mineral oziqlantirishning hosildorlik ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot 2025-2026-yillarda Surxondaryo viloyati sharoitidagi taqir o‘tloqi bo‘z tuproqlarda kuzgi bug'doy o'rilgandan so'ng takroriy ekin sifatida ekilgan tariq ekinida to'rt variant va to'rt takrorlikda dala tajribasi asosida olib borildi. Nazorat (o'g'itsiz) varianti bilan bir qatorda N50P90K60, N100P90K60 va N200P90K60 kg/ga me'yorlaridagi o'g'itlash sxemalari qiyosiy o'rganildi. Natijalarga ko'ra, N200P90K60 me'yorida o'g'itlash eng yuqori agronomik va iqtisodiy samaradorlikni ta'minladi: don hosildorligi nazoratga nisbatan 1,85 barobarga oshib, 3,42 t/ga ni tashkil etdi, tuproqning gumus miqdori 0,92 dan 0,95 foizgacha, harakatchan fosfor va kaliy zahiralari esa sezilarli darajada yaxshilandi. Olingan ilmiy natijalar asosida takroriy ekin sifatida tariq yetishtirishda amaliyotga tavsiya etilishi mumkin bo'lgan optimal mineral oziqlantirish me'yorlari ishlab chiqilgan
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 20 Nov 2026 21:07 |
| Last Modified: | 20 Nov 2026 21:07 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24696 |
