Xudoyberganov, Otabek and Abdullaev, Timur (2026) Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 218-228.
2206.pdf - Published Version
Download (756kB)
Abstract
Maqsad. Peripartal kardiomiopatiya (PKMP) bilan ogʻrigan bemorlarda qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha otish fraksiyasi (ChQ OF), yurak ritmi variabelligi (YuRV) va qondagi prolaktin darajasi bilan bogʻliqligini hamda ularning prognostik ahamiyatini baholash. Material va usullar. Tadqiqotga NYHA boʻyicha II–IV funksional sinf yurak yetishmovchiligi bilan kechgan PKMPli 130 nafar bemor kiritildi. Barcha bemorlarda 12 tarmoqli EKG, sutkalik Xolter EKG monitoringi (XMEKG) bilan YuRV tahlili, transtorakal exokardiografiya hamda NT-proBNP, prolaktin va C-reaktiv oqsil (CRO) tekshiruvlari oʻtkazildi. Qorinchalar ekstrasistoliyasi (QE) aniqlangan 90 nafar bemor ChQ OF (≤30% va 31–45%) hamda prolaktin darajasi (>496 va ≤496 μIU/ml) boʻyicha guruhlarga ajratildi. Kuzatuv muddati 1 yilni tashkil etdi. Natijalar. QE 90 (69,2%) bemorda aniqlandi; ulardan Lown boʻyicha III sinf 42,2%, IVA 48,9%, IVB (guruhli QE) 21,1%, shu jumladan noturgʻun qorinchalar taxikardiyasi (QT) 8,9% holatda qayd etildi. ChQ OF ≤30% boʻlgan bemorlarda IVA sinf QE (57,1% va 39,0%) va noturgʻun QT (12,2% va 4,9%) koʻproq uchradi, biroq farqlar statistik ahamiyat chegarasiga yetmadi. Giperprolaktinemiyada III sinf (52,7% va 25,7%; p=0,011) va IVA sinf QE (58,2% va 34,3%; p=0,027) ishonchli koʻp uchradi, CRO darajasi esa 2,7 baravar yuqori boʻldi (18,5±11,0 va 6,8±3,8 mg/l; p<0,001). Ogʻir sistolik disfunksiyada YuRVning spektral koʻrsatkichlari (LF, HF, LF/HF) va RMSSD guruhlararo farqlandi (p=0,019–0,048). 12 oylik davo fonida ChQ OF I guruhda 29,6% dan 41,6% gacha, II guruhda 40,3% dan 52,7% gacha oshdi. Bir yillik kuzatuvni tugatgan 82 nafar bemordan 6 nafari (7,3%) vafot etdi: 3 nafari yurak yetishmovchiligi progressiyasi, yana 3 nafari toʻsatdan yurak oʻlimi sababli. Xulosa. PKMPda yuqori gradatsiyali qorinchalar aritmiyalari ogʻir sistolik disfunksiya, chap qorincha dilatatsiyasi va giperprolaktinemiya bilan birga kechadi. Prolaktin darajasining oshishi aritmogen xavf va yalligʻlanish faolligining kuchayishi bilan bogʻliq. ChQ OF ≤30%, noturgʻun QT va EKGdagi QS kompleksi hamda Gis tutami chap oyoqchasining toʻliq qamali ogʻir kechish bilan birga uchraydi; ularning prognostik ahamiyati kattaroq tanlanmada tasdiqlanishi kerak.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Nov 2026 21:07 |
| Last Modified: | 23 Nov 2026 21:07 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24939 |
