Xalilova, Ma’mura (2026) KUZGI BUG‘DOY VA TAKRORIY DUKKAKLI EKINLAR YETISHTIRISHDA SUG‘ORILADIGAN TUPROQNING AGROFIZIK XOSSALARI O‘ZGARISHI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 301-307.
744.pdf - Published Version
Download (339kB)
Abstract
Mazkur maqolada Buxoro viloyati Jondor tumani sharoitida kuzgi bug‘doy va undan keyin takroriy ekin sifatida yetishtirilgan loviya hamda moshning turli sug‘orish tartiblari variantlarida tuproqning asosiy agrofizik xossalari – hajm massasi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi va cheklangan dala nam sig‘imi (ChDNS) o‘zgarishi bo‘yicha 2024-yilda o‘tkazilgan dala tajribasi natijalari yoritilgan. Tadqiqotda amal davri boshida va oxirida 0–100 sm qatlam har 10 sm da o‘rganildi. Amal davri oxiriga kelib kuzgi bug‘doy dalasida 0–100 sm qatlam hajm massasi 1,35 g/sm³ dan 1,40–1,42 g/sm³ gacha (3,7–5,2 %), takroriy dukkakli ekinlar dalasida esa 1,36 g/sm³ dan 1,39–1,40 g/sm³ gacha (2,2–2,9 %) ortgani, mos ravishda umumiy g‘ovaklik 50,0 % dan 47,4–48,1 % gacha va 49,6 % dan 48,1–48,5 % gacha kamaygani aniqlandi. Olti soatlik suv o‘tkazuvchanlik kuzgi bug‘doy ostida 19,0–21,1 %, takroriy ekinlar ostida 19,8–25,3 % ga pasaydi; dukkakli ekinlarning nazorat variantlarida bu ko‘rsatkich eng past (621,6–624,3 m³/ga) bo‘ldi. Tajriba dalasi tuprog‘ining ChDNS hisobiy 0–30, 0–50 va 0–70 sm qatlamlarda 21,2; 21,5 va 21,8 % ni tashkil etdi, bu esa sug‘orish me’yorlari va muddatlarini asoslash uchun boshlang‘ich ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 24 Nov 2026 21:07 |
| Last Modified: | 24 Nov 2026 21:07 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/25010 |
