Yusupov, Murodjan and Yusupova, Dilobar (2026) O‘ZBEK POPULYATSIYASIDA DERMATOGLIFIK BELGILAR ASOSIDA BIOLOGIK QARINDOSHLIKNI ANIQLASHNING ZAMONAVIY SUD-TIBBIY DIAGNOSTIK YONDASHUVLARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 260-267.
2222.pdf - Published Version
Download (419kB)
Abstract
Maqolada o‘zbek populyasiyasida qo‘l barmoqlari distal falangalari dermatoglifik belgilarining ota-ona va farzand o‘rtasidagi yaqin qarindoshlikni sud-tibbiy baholashdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2021–2022-yillarda to‘plangan materiallar, 450 nafar tekshiriluvchining 4500 ta barmoq izlari, 106 ta haqiqiy oilaviy guruh hamda 50 ta soxta triplet bo‘yicha qiyosiy ma’lumotlar asos qilib olingan. Naqsh turi, uning balandligi, markaziy qismidagi papillyar chiziqlar oqimi va deltalar sonini qamrab olgan belgilar majmuasi o‘rganilgan. Ota-ona va bola o‘rtasidagi fenotipik o‘xshashlikni baholash uchun dermatoglifik o‘xshashlik indeksi (ISD), kanonik diskriminant va Fisher diskriminant tahlili qo‘llangan. Dissertatsiyada keltirilgan natijalarga ko‘ra, taklif etilgan algoritm bo‘yicha umumiy diagnostik aniqlik 84,3% ni tashkil qilgan. Dermatoglifika bahsli otalik yoki onalik holatlarida DNK tahlilining o‘rnini bosuvchi mustaqil usul sifatida emas, balki kompleks sud-tibbiy ekspertizada qo‘shimcha baholash vositasi sifatida qaralishi lozim. Olingan natijalar raqamli dermatoglifik ma'lumotlarni standartlashtirish va ekspert xulosalarini ob‘ektivlashtirish imkoniyatini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 25 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 25 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/25121 |
