Kenjayeva, To‘lg‘onoy and Sanoqulova, Mashhura (2023) QOVOQDOSH SABZAVOT EKINI PATISSONNING KIMYOVIY TARKIBI VA FOYDALI XUSUSIYATLARI. International conference on multidisciplinary science; Vol. 1 No. 4 (2023): International conference on multidisciplinary science; 84-86.
714.pdf - Published Version
Download (690kB)
Abstract
Qovoqdosh ekinlar ta’m sifati yuqori bo‘lganligidan qadimda O‘rta Osiyo xalqlarining eng muhim va sevimli mahsuloti bo‘lib kelgan. Insonlarning sog‘lom turmush tarzini yaratishda qovoqdosh o‘simliklarning o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, u shifobaxshligi, vitaminlarga boyligi bilan qadimdan ma’lum. Patisson yetishtirish uchun sho‘r bosmagan ser hosil yerlar zarur. Bir yilda ikki marta ekiladi. Kulcha qovoq uchun mo‘ljallangan yerni kuzda yumshatib kuzgi shudgor qilinadi. Yerga ekishdan oldin ishlov berish ekish muddatiga qarab belgilanadi. Bahorgi ekish paytida u erta bahorgi baronalash, chizellash yoki baronalash bilan bir paytdag‘darmasdan haydaladi. Patissonga qulay sharoit bo‘lsa jadal o‘sadi, 4-8 barg chiqarganda yon novdalar paydo bo‘ladi. Eng qulay harorat patisson uchun 25-30gradus. Bunday haroratda nihol 4-6 kundan keyin o‘sib chiqadi. O‘simlikning normal o‘sishi uchun zarur harorat 25-27 gradus bo‘lishi kerak. Harorat 15 gradusdan past bo‘lganda rivojlanishi sekinlashadi, 8-10 gradusda kasallanadi, 3-4 gradusda esa 3-4 kundan keyin halok bo‘ladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from International conference on multidisciplinary science (MJST) |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 21 Sep 2026 22:59 |
| Last Modified: | 21 Sep 2026 22:59 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/2659 |
