SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SAMARADOR SUG‘ORISH: RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY ASOSLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in AGROINNOVATSIYА; Vol. 3 No. 2 (2025): AGROINNOVATION; 50-57.

Johonov, Salohiddin and Artikov, Abdirashid and Jokhonov, Salokhiddin and Artikov, Abdirashid and Джохонов, Салохиддин and Артыков, Абдирашид (2025) SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SAMARADOR SUG‘ORISH: RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY ASOSLARI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 3 No. 2 (2025): AGROINNOVATION; 50-57.

[thumbnail of 238.pdf] PDF
238.pdf - Published Version

Download (395kB)

Abstract

Maqolada bugungi kunda jadal tus olgan global iqlim o‘zgarishlari, demografik o‘sish va sanoat ishlab chiqarishining kengayishi natijasida yuzaga kelgan suv resurslari taqchilligi muammosiga qarshi samarali choralar ko‘rish zaruriyati yoritiladi.
Ayniqsa, O‘zbekistonning janubiy hududlarida - Surxondaryo viloyatida suv tanqisligi tobora kuchayib borayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda zamonaviy, resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada tomchilatib, yomg‘irlatib, aerozol va diskret sug‘orish tizimlarining agrotexnik va iqtisodiy samaradorligi amaliy tajribalar asosida chuqur tahlil qilingan. Tajriba ishlari davomida suv sarfi, hosildorlik, o‘g‘itlarning o‘zlashtirilish darajasi, tuproq namligi, sho‘rlanish holati, mehnat unumdorligi hamda rentabellik ko‘rsatkichlari batafsil o‘rganilgan. Tomchilatib sug‘orish tizimi eng yuqori samaradorlik ko‘rsatib, suv sarfini 40-45% ga qisqartirib, paxta hosildorligini 45,2 s/ga gacha oshirgan. Aerozol sug‘orish 30-35% suv tejalishi bilan birga yuqori agrotexnik samaradorlikni namoyon qilgan.
Maqolada, shuningdek, har bir sug‘orish usulining iqlim sharoitiga moslashuvi, amaliy joriy etish imkoniyatlari va investitsion afzalliklari ham tahlil etiladi. Olingan ilmiy natijalar suv resurslarini tejab, barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ta’minlashda samarali sug‘orish texnologiyalarining joriy etilishi zarurligini isbotlaydi. Maqola oxirida amaliy tavsiyalar berilib, istiqboldagi ilmiy izlanishlar uchun yo‘nalishlar taklif etiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from AGROINNOVATSIYA
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 22 Sep 2026 22:35
Last Modified: 22 Sep 2026 22:35
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/4668

Actions (login required)

View Item
View Item