PERIMENOPAUZA DAVRIDAGI AYOLLARDA BACHADON ICHKI QAVATI QALINLASHUVINING KLINIK KECHISHI VA TO‘QIMA TUZILISHIGA ASOSLANGAN DAVOLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 1 No. 4 (2025): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 734-739.

Norboyeva, Nafosat and Yusupova, Mexribon (2026) PERIMENOPAUZA DAVRIDAGI AYOLLARDA BACHADON ICHKI QAVATI QALINLASHUVINING KLINIK KECHISHI VA TO‘QIMA TUZILISHIGA ASOSLANGAN DAVOLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH. South Aral Region Medical Journal; Vol. 1 No. 4 (2025): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 734-739.

[thumbnail of 392.pdf] PDF
392.pdf - Published Version

Download (419kB)

Abstract

Tadqiqot perimenopauza davridagi ayollarda bachadon ichki qavati qalinlashuvining klinik kechishi, to‘qima tuzilishidagi o‘zgarishlar hamda davolash samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot kuzatuv-tahliliy yo‘nalishda olib borilib, perimenopauza davrida bo‘lgan va bachadon ichki qavati qalinlashuvi aniqlangan ayollar klinik, ultratovush hamda to‘qima tuzilishiga oid usullar yordamida tekshirildi. Klinik belgilar, xususan bachadondan tartibsiz qon ketish va hayz siklining buzilishi eng ko‘p uchraydigan simptomlar sifatida qayd etildi. To‘qima tuzilishiga oid tahlillar bachadon ichki qavati qalinlashuvining bezli, bezli-tolali va murakkab struktur shakllarini aniqlash imkonini berdi. Olingan natijalar davolash samaradorligining to‘qima tuzilishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi: bezli qalinlashuvda ijobiy klinik natijalar yuqori bo‘lgan bo‘lsa, murakkab struktur o‘zgarishlarda davolash samaradorligi pastroq qayd etildi. Tadqiqot natijalari perimenopauza davridagi ayollarda bachadon ichki qavati qalinlashuvini baholashda klinik va to‘qima tuzilishiga asoslangan individual yondashuvni qo‘llash zarurligini asoslaydi va amaliy ginekologiyada davolash taktikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 22 Sep 2026 22:36
Last Modified: 22 Sep 2026 22:36
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/5046

Actions (login required)

View Item
View Item