HOMILADORLIK VAQTIDA PATALOGIK VAZN ORTISHI: AKUSHERLIK VA PERINATAL ASORATLAR (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)

ORIGINAL SOURCE
Originally published in FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI; Vol. 2 No. 10 (2025): FAN, TA'LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI; 71-72.

Ismoilova, Madina (2025) HOMILADORLIK VAQTIDA PATALOGIK VAZN ORTISHI: AKUSHERLIK VA PERINATAL ASORATLAR (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA). FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI; Vol. 2 No. 10 (2025): FAN, TA'LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI; 71-72.

[thumbnail of 29407.pdf] PDF
29407.pdf - Published Version

Download (269kB)

Abstract

Homiladorlik davrida tana vaznining ortishi fiziologik jarayon bo‘lib, ona organizmining homilani rivojlantirishga moslashuvi bilan bog‘liq. Biroq tana vaznining me’yoridan ortiqcha oshishi patologik holat hisoblanib, akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik homilador ayollarda arterial gipertenziya, preeklampsiya, gestatsion qandli diabet, tug‘ruq faoliyatining sustligi hamda perinatal o‘lim ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Surxondaryo viloyati demografik jihatdan aholi zichligi yuqori bo‘lgan, tug‘ilish ko‘rsatkichlari nisbatan baland hududlardan biri hisoblanadi. Viloyatda reproduktiv yoshdagi ayollarning salomatligi, homiladorlikni olib borish sifati va perinatal xizmatlar samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Aholining ovqatlanish madaniyati, kamharakat turmush tarzi, metabolik buzilishlar va homiladorlikdan oldingi ortiqcha vazn patologik vazn ortishining asosiy xavf omillari hisoblanadi

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Fan, ta'lim, texnologiya va ishlab chiqarish integratsiyasi
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 24 Sep 2026 22:40
Last Modified: 24 Sep 2026 22:40
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/7983

Actions (login required)

View Item
View Item