Omonova, Malika and Hazratqulov, Shohnazar and Ortiqov, To‘lqin (2026) BOR, RUX VA TEMIR MIKROELEMENTLARINI QO‘LLASH USULLARINING TOK HOSILDORLIGI VA UZUM SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRINI GO‘NG BILAN QIYOSIY BAHOLASH. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 119-126.
686.pdf - Published Version
Download (380kB)
Abstract
Ushbu maqolada Zarafshon vohasining karbonatli tipik bo‘z tuproqlarida uzumning “Qora kishmish” navini yetishtirishda N120P90K60 fonida 15 t/ga yarim chirigan go‘ng hamda bor (B), rux (Zn) va temir (Fe) mikroelementlarini alohida va kompleks holda tuproqqa va ildizdan tashqari qo‘llashning tok hosildorligi va uzum sifatiga ta’siri o‘rganildi. Mikroelementlar samaradorligi go‘ng qo‘llanilgan variant bilan qiyoslandi. B, Zn va Fe mikroelementlari kompleks qo‘llanilganda hosildorlik ildizdan tashqari qo‘llashda 251,4 s/ga bo‘lib15 t/ga go‘ng qo‘llanilgan variantdagi 243,8 s/ga ko‘rsatkichdan statistik jihatdan farq qilmadi. B, Zn va Fe mikroelementlari kompleks tuproqqa qo‘llashda 233,3 s/ga bo‘lib, NPK hamda boshqa variantlar kabi bo‘ldi. Eng yuqori hosildorlik NPK fonida kompleks mikroelementlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirishda qayd etildi. Qand miqdori mos ravishda 23,82; 22,86 va 22,93 %; va titrlanadigan kislotalilik esa 4,07; 4,27 va 4,19 g/l ni tashkil etdi. Natijalar B, Zn va Fe mikroelementlarini kompleks ildizdan tashqari qo‘llash uzum hosildorligi va sifatini oshirishda 15 t/ga go‘ngga teng yoki yaqin samaradorlik berishini hamda organik o‘g‘itlarga qisman muqobil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 11 Oct 2026 21:10 |
| Last Modified: | 11 Oct 2026 21:10 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/21087 |
