SHomansurov, SH.SH. and Mirzayeva, D.F. and Fayzillayeva, L.G. and Xo‘shmurodova, M.A. (2026) NUTQIY RIVOJLANISHI ORTDA QOLGAN ERTA YOSHDAGI BOLALARNING KLINIK-NEVROLOGIK XUSUSIYATLARI. "SUD TIBBIYOTIDA YANGI KUN" ILMIY-REFERATIV JURNAL; Vol. 2 No. 1 (2026): SUD TIBBIYOTIDA YANGI KUN; 5-11.
38711.pdf - Published Version
Download (339kB)
Abstract
Maqolaning maqsadi. Erta yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining ortda qolishida kuzatiladigan klinik-nevrologik xususiyatlarni ambulator sharoitda kompleks baholash.
Materiallar va usullar. Tadqiqot Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli klinikasining konsultativ poliklinikasida ambulator ko‘rikdan o‘tgan nutq rivojlanishi ortda qolgan 30 nafar bolada olib borildi. Bolalarning yoshi 1 yosh 6 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan. Tadqiqot davomida anamnestik ma’lumotlar, psixomotor rivojlanish, ekspressiv va retseptiv nutq, mushak tonusi, reflektor faoliyat, umumiy va nozik motorika, koordinatsiya, kommunikativ xulq-atvor hamda eshitish holati baholandi. Klinik-nevrologik tekshiruv natijalari foizlarda va o‘rtacha ko‘rsatkichlarda tahlil qilindi. Natijalar. Tekshirilgan 30 nafar bolaning 19 nafarida (63,3%) anamnezda perinatal yoki neonatal davrga oid xavf omillari aniqlangan. 18 nafar bolada (60,0%) umumiy motor rivojlanishning turli darajada kechikishi, 14 nafarida (46,7%) mushak tonusining o‘zgarishi, 12 nafarida (40,0%) nozik motorikaning yetarli shakllanmaganligi qayd etildi. Ekspressiv nutqning ustun buzilishi 17 nafar (56,7%), ekspressiv-retseptiv nutqning birgalikdagi kechikishi 13 nafar (43,3%) bolada kuzatildi. Kommunikativ faollikning pasayishi 11 nafar (36,7%), qo‘shma diqqatning yetarli shakllanmaganligi 9 nafar (30,0%) bolada aniqlandi. 4 nafar (13,3%) bolada rivojlanishning regressiv belgilari kuzatilib, qo‘shimcha chuqurlashtirilgan tekshiruvga yo‘naltirish zarurati yuzaga keldi.
Xulosa. Nutq rivojlanishining ortda qolishi ko‘pincha alohida nutq muammosi bilan chegaralanmay, psixomotor, motor, kommunikativ va boshqa neyro-rivojlanish xususiyatlari bilan birga kechadi. Erta yoshdagi bolalarda nutq kechikishini aniqlashda nevrologik va logopedik tekshiruvni kompleks olib borish, eshitish faoliyatini baholash hamda perinatal anamnezni chuqur o‘rganish muhim diagnostik ahamiyatga ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Sud tibbiyotida yangi kun |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 13 Oct 2026 21:09 |
| Last Modified: | 13 Oct 2026 21:09 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/21335 |
